Bozorlar va savdo komplekslari majburiy sug‘urtalanadi

Date:

Bir qarasangiz, vodiyda bozorlardan birida yong‘in chiqqani haqida eshitsak, yaqindagina Qashqadaryoda ham shu holat takrorlangani quloqqa chalinadi. Qayerda yong‘in chiqmasin, albatta, zarar ko‘radigan tadbirkorlar bo‘layapti. Qanchadan-qancha tovar va mol-mulki yonib, tikilgan mablag‘i ham bir lahzada yo‘q bo‘lib ketganiga nima deysiz?
Tadbirkorlarning mana shunday tabiiy ofatlarda mol-mulkini kafolatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun