Natija maqtanarli

Date:

Bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning maktabgacha ta’lim olishlari uchun barcha bilimlarni o‘zlashtirishlari bilan birga bir nechta xorijiy tillar o‘rgatiladi, sport to‘garaklari esa nafaqat bolajonlarni chiniqtirishga, balki sport musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etib, chempionlarni kashf etishga-da xizmat qilayotir. Bunda MTTlar o‘rtasida sog‘lom raqobat shakllanganki, natijada bolajonlarning har tomonlama iqtidorlari kashf etilib, yuzaga chiqarilmoqda.
Surxondaryolik sportchilar va Termiz shahridagi “Volshebniy zamok” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotining jajji qizaloqlari sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan ll-Xalqaro turnirda ishtirok etdi. Jajji sportchi qizlar bog‘chada o‘rganganlarini, o‘z mahoratlarini ishga solib, chiqish qildilar. Shubhasizki, bu chiqishlar tomoshabinlar e’tiborini va mehrini qozona oldi.
Natija esa maqtanarli bo‘ldi. 2017-yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida A kategoriyada vohadoshimiz Farangiz To‘raxonova, B kategoriyada Iymona Shokirova, 2016-yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida A kategoriyada Soliha Nuraliyeva faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun