Onlayn qimor: o‘yin emas, xavf

Date:

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar ishtirokida onlayn qimor va totalizatorning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda onlayn qimor o‘yinlarining insonning moliyaviy ahvoli, oilaviy munosabatlari va ruhiy holatiga ta’siri haqida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bunday o‘yinlarga qaramlikning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish va mablag‘ni mas’uliyat bilan sarflash masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda qimor va totalizatorga berilish nafaqat shaxsiy muammolarga, balki harbiy xizmatchining xizmat intizomi va obro‘siga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar internet imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, vaqt va mablag‘ni foydali maqsadlarga yo‘naltirish yuzasidan tavsiyalar oldi.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun