Yo‘llar uzluksiz nazoratda

Date:

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Boysun tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan qishki ob-havo sharoitida yo‘llarni soz holatda saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, serqatnov avtomagistrallar, mahalliy va ichki yo‘llarda maxsus texnika vositalari yordamida qor tozalash ishlari olib borilib, muzlama hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida tuz-qum aralashmasi sepildi. Bu esa haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda bo‘lib, yo‘llardan foydalanish korxonalari tomonidan barcha zarur kuch va texnik vositalar to‘liq safarbar qilingan. Ushbu sa’y-harakatlar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, aholi hayoti va salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun