Bog‘chalar qamrovi kengaytirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish maqsadida mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni bog‘chalarga moslashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan 2026-yilga qadar 3–7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish bo‘yicha reja va ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Shuningdek, bo‘sh binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, qamrovni kengaytirish va shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Tashrif doirasida “Yakkabog‘” mahallasida joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish markazi faoliyati ham o‘rganildi. Viloyat rahbari markaz faoliyatini kengaytirish, shuningdek, tuman markazida ham shunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ishonch yorliq”lari topshirildi

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Bolalar...

“Statistika sinflari” ish boshladi

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari...

Noqonuniy ov fosh etildi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Muzrabot...

Salomatlik yo‘lida muhim qadam

Mamlakatimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va...
KunTun
KunTun