Fidoyilar mukofotlandi

Date:

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan Farmonga asosan, sohani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan fidoyi mutaxassislar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnik usullarni joriy etib, yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirish yo‘lida yillar davomida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan insonlardir.

Mukofot sohiblari orasida sakkiz nafar surxondaryolik agrar soha fidoyilarining borligi voha qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissaning yorqin ifodasidir.

Surxondaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan tantanali marosimda hokim Ulug‘bek Qosimov mukofotlarni egalariga topshirib, ularni samimiy tabrikladi. U fidoyi qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnatini yuqori baholab, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohani modernizatsiya qilish va hosildorlikni oshirishdagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Mazkur mukofotlar agrar sohadagi fidokorona mehnatning munosib e’tirofi bo‘lib, yurtimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqayotgan mutaxassislarimizga katta ruhiy ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun