“Kulgu va shodlik kechasi”

Date:

Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universitetida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasi ishtirokida “Kulgu va shodlik kechasi” nomli badiiy-konsert dasturi o‘tkazildi. Tadbir samimiy muhitda, quvonch va ijodiy ruhda o‘tdi.

Sahna ustalari — O‘zbekiston xalq artisti Odina G‘ozieva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, shuningdek, aktyorlar Ravshan Dadajonov, Surayyo Yusupova va Baxtiyor Ahmedov o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar tuhfa etdilar. Ularning kulgu, hazil-mutoyiba va qo‘shiqlarga boy chiqishlari zalda bayramona kayfiyat uyg‘otdi, talabalar esa har bir sahna lavhasini olqishlar bilan kutib oldilar.

Uchrashuv davomida san’atkorlar talabalar bilan samimiy suhbatlashib, teatr san’ati, ijod jarayoni va sahna madaniyati haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular yoshlarni orzular sari intilish, ijodda fidoyilik va mehr bilan mehnat qilishga undadilar.

Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitib, ularning milliy madaniyat va teatr san’atiga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamladi.

“Kulgu va shodlik kechasi” — bu san’at, yoshlar va quvonch uyg‘unligidagi unutilmas uchrashuv bo‘ldi.

Oldingi sahifaLoyihalar samaradormi?
Keyingi sahifaE’tirofga munosib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun