“Sen iste’dodlisan”

Date:

Surxondaryo viloyatida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi nihoyasiga yetdi. Tadbir davomida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan iqtidorli o‘quvchilar o‘z san’at, ijod va iste’dodlarini namoyish etishdi.

Bu yilgi tanlovda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, balki inklyuziv ta’lim sinflarida hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalar ham faol ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini yorqin ifoda etishdi.

Ishtirokchilar estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida bellashishdi. Har bir ijro va asarda yoshlarning cheksiz orzulari, mehnati va ijodga bo‘lgan mehrlari aks etdi.

Tanlov yakunida eng iqtidorli ishtirokchilar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

G‘oliblar:

Tasviriy san’at yo‘nalishi:

1-o‘rin — Mushtariy Turg‘unboyeva (onlayn), Sherobod tumani.

Estrada-vokal yo‘nalishi:

1-o‘rin — Muhammadali Musulmonov, Denov tumani.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun