“Sunʼiy quyosh” ishga tushadimi?

Date:

Xitoy olimlari yadro sintezi asosida ishlaydigan va “sunʼiy quyosh” nomi bilan tanilgan energiya loyihasini 2027-yilgacha ishga tushirishni maqsad qilmoqda. Ushbu loyiha — Burning Plasma Experimental Superconducting Tokamak (BEST) — mamlakatning uzoq yillardan beri olib borilayotgan yadro sintezi boʻyicha tadqiqotlarining keyingi bosqichi hisoblanadi.

Loyiha orqali Quyoshning ichki qatlamlarda amalga oshadigan tabiiy energiya jarayonini yer sharoitida takrorlash koʻzda tutilgan. Bu jarayon, nazariy jihatdan, cheksiz va toza energiya olish imkonini beradi. 2025-yilda Xitoyning Xefey shahridagi Experimental Advanced Superconducting Tokamak (EAST) qurilmasi 1000 sekunddan ortiq vaqt davomida plazmani yuqori haroratda barqaror ushlab turishga erishgan. Mutaxassislar buni muhim ilmiy yutuq sifatida baholagan.

Shunga qaramay, ekspertlar yadro sintezini amaliy energiya manbayiga aylantirish hali erta ekanini qayd etmoqda. Chunki hozircha bu texnologiya oʻzidan sarflanganidan koʻproq energiya ishlab chiqarishni taʼminlay oladigan darajaga yetmagan. Jarayonning barqarorligi, materiallarning chidamliligi va amaliy sanoat qoʻllanmasiga moslashtirish kabi muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda. Agar Xitoy 2027-yilga moʻljallangan rejani muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, bu energetika sohasida jahon miqyosida katta oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun