“Daromadli ayol”: yangi imkoniyat

Date:

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni zamonaviy kasblar va IT sohasiga o‘qitish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Yangi “Daromadli ayol” dasturi doirasida 50 ming nafar ayol kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik hamda tomorqachilik yo‘nalishlarida band qilinadi. Shuningdek, “Hamroh” dasturi orqali 3 mingta loyiha uchun 1 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda 1,5 million nafar ayolni daromadli qilish, 400 ming nafari­ni biznes faoliyatiga jalb etish maqsad qilingan. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish uchun 25 trillion so‘mdan ortiq moliyaviy resurs yo‘naltiriladi.

Mazkur dastur xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar farovonligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaTartib va narx nazoratda
Keyingi sahifaAyolga ehtirom

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun