Sudga yangi rais tayinlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan viloyat sudi binosida yangi rahbarni tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Tadbirda sud tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, hozirda pensiyaga kuzatilayotgan sobiq rais Abulqosim Ro‘ziqulovning xizmatlari e’tirof etildi.

Shuningdek, yangi tayinlangan raisga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilanib, hududda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash, sud organlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun