“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish maqsadida amalga oshirilayotgan “2+6” dasturi doirasida ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur dasturga ko‘ra, til kurslari uchun to‘lovning dastlabki 2 oyi yoshlar tomonidan, qolgan 6 oylik to‘lov esa davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu esa yoshlar uchun sifatli til ta’limini yanada qulay va ommabop qiladi.

Tadbir davomida yoshlarga “YONDA” ilovasi orqali dastur imkoniyatlari, unda ishtirok etish tartiblari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, dastur bo‘yicha fikr va takliflarini bildirishdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus yoshlarning xorijiy til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning bilim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun