Ayolga ehtirom

Date:

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti ayollari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Shahrimizdagi tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda universitetning olima professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, ularning ta’lim, ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi. Ayollarga hurmat va e’tibor jamiyat taraqqiyoti, mustahkam oila va barkamol avlod tarbiyasining muhim omili ekani ta’kidlandi.

Bayram davomida san’atkorlar, jumladan, estrada xonandasi Mashhurbek Raimjonovning chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida ayollarga sovg‘alar topshirilib, ularga samimiy ehtirom ko‘rsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun