Zamonaviylik sari…

Date:

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda. Aholi farovonligini oshirish, yashash uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratishga qaratilgan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Bu jarayonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida olib borilmoqda. Dastur mahallalar hayotini kompleks rivojlantirish, infratuzilma va ijtimoiy sohalarni yangilash, aholi bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad qilgan.

Qahramon mahallasida:

* ichki yo‘llar ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy asfalt qoplamasi bilan yangilanmoqda;

* ko‘chalar kengaytirilmoqda, piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda;

* tungi yoritish tizimlari o‘rnatilib, xavfsiz muhit yaratilmoqda;

* ijtimoiy soha obyektlari, maktab va bog‘chalar obodonlashtirilmoqda;

* ko‘plab xonadonlar yashil hududlar va gulzorlar bilan bezatilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar nafaqat mahalla qiyofasini o‘zgartirmoqda, balki aholining kayfiyati va turmush darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Endilikda fuqarolar toza, yorug‘, qulay va xavfsiz maskanda yashash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun