Ma’naviyat karvoni yo‘lda

Date:

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni” Sho‘rchi tumaniga yetib keldi. Tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur karvon orqali 140 dan ortiq mutaxassis tomonidan tanlab tayyorlangan dunyo adabiyotining eng sara asarlari to‘plami Sho‘rchi tumani Axborot-kutubxona markaziga topshirildi. Ushbu nashrlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilim va tafakkurini chuqurlashtirish, shuningdek ularni ma’rifat sari undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra, bu asarlarning elektron nusxalari ham Sho‘rchi Axborot-kutubxona markaziga beg‘araz taqdim etilmoqda, bu esa bilim manbalariga kirishni yanada qulaylashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun