Ma’naviyat va tafakkur sari yo‘l

Date:

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi “Kitob karvoni” Uzun tumaniga yetib keldi.

Mazkur tashabbus doirasida 140 dan ortiq mutaxassislar tomonidan tanlab tayyorlangan dunyo adabiyotining eng sara namunalaridan iborat kitoblar to‘plami Uzun tumani Axborot-kutubxona markaziga topshirildi. Bu bebaho asarlar yoshlar tafakkurini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlash, izlanish va ma’rifat sari yetaklashda muhim o‘rin tutadi.

Kitob — inson tafakkurining kaliti, ma’naviyat ko‘zgusi. Shu bois bugungi “Kitob karvoni” nafaqat yangi asarlarni, balki bilim, ilhom va orzular karvonini ham olib keldi.

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra, ushbu kitoblarning elektron nusxalari ham O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etilmoqda. Bu esa bilim manbalariga yanada kengroq imkoniyatlar eshigini ochadi.

“Kitob karvoni” – yoshlar qalbiga nur, tafakkuriga kuch bag‘ishlaydigan ma’naviyat safaridir!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun