Jahongir jahon chempionatida

Date:

Qumqo‘rg‘onlik faxrimiz, yosh va iqtidorli taekvondochi Jahongir Xudoyberdiyev Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yorqin natijaga erishdi.

-54 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Jahongir yarim finalgacha yetib bordi va final yo‘lida Koreya Respublikasi vakili Syo Yonsu bilan kuch sinashdi. Shiddatli bahsda raqibiga biroz imkoniyat bergan bo‘lsa-da, u Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bu natija nafaqat Jahongir Xudoyberdiyevning faoliyatidagi ilk jahon medali, balki terma jamoamiz uchun ham Usi-2025 musobaqasidagi ilk yutuq bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun