Afg‘on-u turk investorlar hamkorimiz

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, mintaqaga yangi investitsiya oqimini jalb etish bo‘yicha uchrashuvlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi muloqotda Afg‘onistonning “Afghan German Company”, “Developments-Rest” va “AmuGold Alliance” kompaniyalari, shuningdek, Turkiyadan tashrif buyurgan investor Rabi Mirvays ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar, ta’lim muassasalari va biznes markazlari qurilishi jarayonlari, shuningdek, yangi tibbiyot klinikasining faoliyatini kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, Termiz tumanida ruda qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ham muhokama markazida bo‘ldi.
Tomonlar mazkur loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, zarur infratuzilmani shakllantirish hamda xorijiy investorlarning O‘zbekistonga kirish va faoliyat yuritish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilar Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, qulay investitsion muhiti va davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar sarmoyadorlar uchun ishonchli hamkorlik maydoni ekanini ta’kidladilar. Mazkur tashrif mintaqada sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratish, hududning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash hamda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Turkiya hamkorligini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibori tufayli bugun yurtimizning chekka va...

Xalqaro olimpiadada sovrindor

Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elshod O‘ralov...

Savodxonlikni rivojlantiramiz

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida...

Imkoniyat yaratgan tadbirkor

Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Art Design...
KunTun
KunTun