Onlayn muloqot manfaatli kechdi

Date:

Xabaringiz bor, Qumqo‘rg‘on tumanida Rossiyaning “Sanfrut” kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va quritishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Hamkorlikning keyingi bosqichida esa bolalar ozuqasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi uchrashuvni onlayn formatda “Sanfrut” kompaniyasi ta’sischisi Vyacheslav Kovalyov bilan o‘tkazdi. Muloqotda kompaniyaning viloyatdagi hamkori hamda tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Onlayn suhbat davomida mavjud hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish hamda investitsiyalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy va amaliy masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun