Hamkorlik istiqbollari muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyatida energetika va sanoat salohiyatini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning yirik davlat sanoat xoldinglaridan biri — “China Pingmei Shenma Group” kompaniyasi bosh iqtisodchi direktori Yang Jichiang boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ma’lumot uchun, umumiy aktivlari 34 milliard dollarni tashkil etuvchi “China Pingmei Shenma Group” bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida — jumladan AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyada — yirik sanoat loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyatining ko‘mir sanoati salohiyati batafsil muhokama qilindi. Bugungi kunda viloyatda aniqlangan 192 million tonna ko‘mir zaxirasi mavjud bo‘lib, yiliga o‘rtacha 1,5 million tonna xom ashyo qazib olinadi. Mazkur resurslar yuqori energiyaga ega bo‘lgani sababli sanoat ishlab chiqarishida keng qo‘llanilishi mumkin.
Tomonlar ko‘mirni chuqur qayta ishlash orqali fenol, benzol, naftalin, mazut, dizel yoqilg‘isi, benzin kabi turli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, kogeneratsiya texnologiyasi asosida ko‘mir xom ashyosidan elektr energiyasi va sintetik gaz olish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar Surxondaryoning investitsion salohiyatidan oqilona foydalanish, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda energetika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
Mazkur tashrif viloyat sanoatini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun