Yangi tartib — yangi imtiyoz

Date:

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktyabrdan bir qator yangiliklar joriy etildi.

Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari endi “hrm.argos.uz” tizimidagi yagona modul orqali tashkil etiladi va nazorat qilinadi.

Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbarlar va nomzodlar uchun 1 oygacha mo‘ljallangan qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

Sudyalik lavozimiga nomzodlar Odil sudlov akademiyasida 6 oylik qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida o‘qitiladi, stipendiya bilan ta’minlanadi.

“Yashil makon” loyihasida mablag‘ sarfi ochiq bo‘lib, “har bir tiyin sarflanishi kuzatish” tamoyili asosida onlayn e’lon qilinadi.

Pensiya xizmatlari Face-ID orqali biometrik identifikatsiya asosida ko‘rsatiladi.

“Yagona darcha” bojxona tizimi kengaytiriladi — barcha sertifikat va ruxsatnomalar faqat shu tizim orqali rasmiylashtiriladi.

Oq shakarga aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Bu o‘zgarishlar davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, ekologiya, pensiya va bojxona sohalarida samaradorlik hamda shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun