Do‘stlik va san’at uyg‘unligi

Date:

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida xalqaro do‘stlik ruhi sezilarli darajada namoyon bo‘ldi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan Tailand davlatidan tashrif buyurgan mehmonlar teatrdagi tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdilar.

Ijodiy jamoa mehmonlarni Surxon vohasiga xos milliy liboslarda, milliy ohanglar va teatrlashtirilgan chiqishlar bilan qarshi oldi. Sahnada namoyish etilgan “Karvon saroy” spektakli esa o‘zining milliy an’analarga boy sahnalari va qo‘g‘irchoqlarning mahoratli ijrosi bilan xorijlik tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida teatr rahbariyati tailandlik mehmonlarga milliy ruhni aks ettiruvchi estalik sovg‘alarini taqdim etdi. Shundan so‘ng ular teatr faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi: qo‘g‘irchoqlar saqlanadigan maxsus xonalar ko‘rsatildi, sahna orti sirlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratildi. Mehmonlar bu lahzalarni unutilmas xotira sifatida suratga muhrladilar.

Bu tashrif ikki xalq san’ati o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, do‘stlik rishtalarini yanada boyitishga xizmat qildi. Qo‘g‘irchoq teatri sahnasida yaratilgan samimiy muhit va esda qolarli daqiqalar mehmonlarning qalbida chuqur taassurot qoldirib, san’atning millatlararo do‘stlik ko‘prigi ekanini yana bir bor namoyish etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun