“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi

Date:

O‘tgan yozgi ta’til davomida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari ham e’tibor va nazorat ostida bo‘ldi. Sinfxonalar, ta’mirlash ishlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash uchun barcha choralarni ko‘rish, “Prezident sovg‘alari”ni yetkazib berish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga Angor, Muzrabot va Denov tumanlarida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar yangi o‘quv yili oldidan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniq.
Albatta, viloyatda yo‘lga qo‘yilgan va yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalarni amalga oshirishda fidoyi xalqimiz, tadbirkorlarimiz va turli soha vakillarining katta hissasi bor. Shuningdek, sifatli ta’lim uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida keyingi 8 yilda viloyatda 19 ta maktab qurildi, 400 ta
maktab kapital, 135 ta maktab mukammal ta’mirlandi. Maktab ta’limida amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatimizning birgina fan olimpiadalaridagi ko‘rsatkichi respublikada so‘nggi yillardagi oxirgi 14-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Viloyatda davlat bog‘chalari soni 289 tadan 487 taga yetkazilishi hamda 2 ming 767 ta nodavlat bog‘chalarining tashkil etilishi natijasida 3-7 yoshli bolalar qamrovi 12 foizdan 68 foizga oshdi.
Kuni kecha Surxondaryodagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilot, idora va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etib, o‘quvchilarni mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

Xususan, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 13-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini “Bilimlar kuni” — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi bilan muborakbod etdi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 204 nafar 1-sinf o‘quvchisiga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi. Maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun