Yangi onlayn platforma ishlab chiqildi

Date:

 “Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlar bilan kurashishda salohiyatni mustahkamlash va koʻmaklashish” loyihasi doirasida yashiltamojnya.uz yangi onlayn platformasi ishlab chiqildi. Ushbu tashabbus Respublika ekologik resurslar markazi “Ekomaktab” tomonidan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Yashiltamojnya.uz platformasi bojxona va chegara xizmatlari xodimlariga tezkor yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan. Uning yordamida yovvoyi fauna va flora vakillarini tezda aniqlash, ularning CITES konvensiyasi boʻyicha maqomini tekshirish va zarur ruxsatnomalarning mavjudligini tasdiqlash mumkin. Bu, ayniqsa, hayvonlar yoki ularning qismlari (shox, teri, tish va h.k.) suvenir yoki uy hayvoni sifatida yashirilgan hollarda muhim ahamiyatga ega. Raqamli vositalar inspektorlar ishini samaraliroq qiladi va xato xavfini kamaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun