Yangi majmua qurilishi boshlandi

Date:

Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish va investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Aholi soni tobora ortib borayotgan, urbanizatsiya jarayonlari jadal kechayotgan mazkur tumanda 3 500 xonadonli yirik turar joy majmuasi qurilishi boshlandi.

Majmua tarkibiga birinchi va ikkinchi qavatlarida savdo hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari joylashgan ko‘p qavatli uylar, zamonaviy xususiy maktab va klinika binolari kiradi. Loyiha “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, unda aholi uchun barcha qulayliklar — avtoturargoh, bolalar maydonchalari, yashash uchun zarur infratuzilma va boshqa servis xizmatlari nazarda tutilgan.

Majmua qurilishiga viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faollar, tuman rahbariyati va qurilish sohasi vakillari hamda jamoatchilik ishtirokida tamal toshi qo‘yildi. Tadbirda hokim mazkur loyihaning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi, aholini turar joy va munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlashdagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bunday yirik loyihalar kelgusida boshqa hududlarda ham amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Bundan t, hududda Sharof Rashidov ko‘chasida barpo etiladigan xususiy maktab va ko‘p qavatli uylar loyihalari taqdimoti ham o‘tkazilib, mas’ullarga tegishli vazifa va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun