Sanoat salohiyati oshiriladi

Date:

Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlarini auksion orqali xususiy sektorga berish, ular negizida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish — tadbirkorlikni rivojlantirish asosidir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, tumanning “Azlarsoy” mahallasida joylashgan, avval “Surxon kombinati” MCHJga tegishli bo‘lgan va hozirda tijorat banklari balansida saqlanayotgan foydalanilmayotgan binolarni investitsiya shartlari asosida salohiyatli tadbirkorlarga ajratish orqali temir-beton klasteri tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu orqali tumanda sanoat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsad qilingan.

Viloyat hokimi loyihani yanada takomillashtirish va qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, “Janubiy Surxon suv ombori” hududida ekoturizmni rivojlantirishga doir loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Loyihalarni ekologik talablarga muvofiq ishlab chiqish, yo‘l va kommunal infratuzilmalarni bosqichma-bosqich barpo etish, foydalanilgan suvlarni oqova tizimi orqali chiqarish hamda suv ombori tozaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyat hokimi mazkur hududda tabiiy muhit, flora va faunani asragan holda ekoturizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun