Yangi korxona qurilishiga start berildi

Date:

Muzrabot tumanida aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan loyihalar va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, tuman hududidagi bo‘sh yer maydonida “Yangi shahar” MCHJ tomonidan barpo etiladigan, yiliga 72 ming tonna sholini qayta ishlash quvvatiga ega korxona qurilishiga start berildi. Hududda obodonlashtirish isharini amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladigan loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.

Shundan so‘ng, “Aziya KSP-Sifat” MCHJning DSP plitkalari ishlab chiqarish korxonasini ko‘mirga moslashtirish bo‘yicha olib borilayotgan modernizatsiya loyihasi hamda “Do‘stlik” mahallasidagi 500 metrlik kollektor ustini zamonaviy usulda yopish orqali savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish ishlari ijrosi bilan tanishildi.

Tashrif davomida “Oriyat” mahallasidagi infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham ko‘zdan kechirildi. Mahallada tuman rahbarlari hamda “yettilik” tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida vazifalarni namunali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun