Jurnalistlar eʼtibor-u eʼtirofda

Date:

Termiz shahridagi “Mumtoz” tantanalar saroyida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist, nashriyot va matbaa sohasi vakillari, faxriy jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi va barcha axborot sohasi vakillarini bayram bilan tabrikladi.

Ayni paytda viloyatda 37 ta gazeta va jurnal, 3 ta televideniye, 1 ta radio, 4 ta rasmiy veb-sayt faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, markaziy OAV vakillari ham hududdagi yangilik va o‘zgarishlarni xolis yoritishga xizmat qilmoqda.

70 dan ortiq davlat idora va tashkilotlaridagi axborot xizmatlari jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tantanali tadbirda sohaga qo‘shgan faol hissasi uchun 35 dan ziyod jurnalist, bloger va axborot xizmatlari xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir bayramona dasturxon va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada fauzli o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun