Qonun muhokamasiga bag‘ishlandi

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida viloyat MIB boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil, 16- iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish tiziminini takomollashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati ma’muriy sudi sudyasi Dilmurod Jo‘rayev, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi davlat ijrochisi Ma’ruf Abdullayev, MIB xodimlari hamda OAB xodimlari ishtirok etdi.Yangi qonunga ko‘ra, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan majburiyatlar reyestrini yuritishi ko‘zda tutildi. Ushbu tadbirda qonunchilikdagi boshqa shu kabi yangiliklar haqida ham so‘z yuritildi.

Mazkur Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning yagona interaktiv davlat xizmatlari partalidagi (YAIDXP (my.gov.uz)) shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko‘rsatildi.

Surxondaryo viloyati ma’muriy sudi sudyasi Dilmurod Jo‘rayev so‘z olib, mazkur qonun asosida jismoniy shaxslar uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni ko‘rsatadigan terminallar orqali ijro hujjatlari va ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim qilish imkoniyati yaratildi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda sud va majburiy ijro organlari bilan elektron hamkorlik kuchaytiriladi. Shuningdek, majburiy ijro organlarida undiruvchi va qarzdorlar ijro ishi doirasida qabul qilingan qarorlarni onlayn shaklda olishi joriy etilmoqda. Shu bilan birga ijro ishi doirasida taraflar bevosita byuro organlariga murojaat etmasdan ariza yoki iltimosnomalarini elektron shaklda davlat ijrochisiga yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalo, bu tadbirkorlar, jismoniy shaxslar, qolaversa sudlarning ham vaqti tejalishiga olib keladi. Ya’ni ijro varaqasi elektron tartibda rasmiylashtiriladi va shu vaqtning o‘zidayoq undiruvchiga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi. Yana bir jihati — moddiy resurslar tejaladi, ya’ni rasmiylashtirishda qog‘ozga xarajat qilinmaydi, undiruvchining ariza yozishi bilan bog‘liq mablag‘ tejaladi.

Bundan tashqari, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritishi ko‘zda tutilganligi haqida ta’kidlandi. Shuningdek, yangi qonun hujjatlariga ko‘ra majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Ta’kidlash kerakki, sohadagi bu kabi yangiliklar, eng avvalo, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarinining so‘zsiz ijro etilishi va bu orqali odil sudlov amalga oshirilib, fuqarolarning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi, davlat organlariga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun