Kasbiy ko‘nikmasini oshirib…

Date:

Respublikamiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Termiz shahrida ham loyiha doirasida maktab-u markazlarda ilm-u ma’rifat, ziyo ulashish, kasb-u kor o‘rgatish ishlari izchil davom etmoqda.

Shu jumladan, “Kasb markazlari”da ham maktab o‘quvchilari yozgi ta’til davrida turli yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalarni o‘rganmoqda. Qandolatchilik kurslarida yosh pazandalar turli pishiriqlar pishirib, kasbiy ko‘nikmasini oshirishayotir.

“Karving san’ati” to‘garagi ham yoshlar bilan gavjum. Meva va sabzavotlarga naqsh solib, ajib san’at asariga teng tasvirlarni yarata olish qiziqarli jarayon. To‘garak ishtirokchilari ham bu ishning uddasidan chiqishayotganidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun