9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan, bugungi tinch hayotimizni ta’minlagan jasur ajdodlarimiz xotirlanmoqda.
Muzrabot tumanida ham tashkil etilgan tadbirda nuroniylar, urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi. Tadbir doirasida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazilib, mard o‘g‘lonlar xotirasi hurmat bilan yod etildi.
Tuman hokimi v.b Baxrom Xidirov so‘zga chiqib, bu kunning tarixiy ahamiyati va yoshlarga ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida to‘xtaldi. O‘tkazilgan uchrashuvlar, ehtirom marosimlari bir maqsad — tarixni unutmaslik, jasoratli ajdodlarimizni e’zozlashga xizmat qildi.