Shubhali pul oʻtkazmalariga aloqador bank kartalari bloklanadi

Date:

Prezident qarori bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilishi belgilandi. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida vakolatli organ boʻladi.
Qarorda oʻz kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida koʻrsatilgan.
Shu hisobda, endi ular axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmasdan, kiberjinoyatga yoʻl qoʻysa va buning oqibatida mijoz moddiy ziyon koʻrsa, zarar ularning hisobidan undiriladi. Shuningdek, kiberjinoyatni sodir etishda oʻz nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM-kartasi hamda elektron hamyonidan foydalanishga yoʻl qoʻygan shaxslar uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. Bundan tashqari, qarorga asosan, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi boʻyicha talablar ishlab chiqiladi.
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi. Shubhali pul oʻtkazma amaliyotlari aniqlanganda esa unga aloqador bank kartalari ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalari soʻroviga asosan tezkorlik bilan bloklanadi.
Qarorda yozilishicha, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va raqamli tergovga koʻmaklashish markazi ham tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun