Nur

Date:

Uchgacha sanayman, chiroq yonadi, — dedi Asror, so‘nggi shamning tugab borayotgani haqidagi xayollardan hammani chalg‘itib. Bolalarning ko‘zi lampochkaga qadaldi.
— Bi-i-ir. Ikki-i. Ikki ya-a-arim… Tayyormisizlar!?
— Dadamdan keyin men sanayman, — dedi uchovlonning kichkinasi,
— Keyin men.
— Keyin men.
Birin-ketin bolalar navbat olishdi.
— Oyi, siz ham sanaysizmi?
— Menmi!? Ayol nafasidagi sukut sadosidan, hamma jim qoldi.
— Men dadangiz uch deganda chiroq yonishiga ishonaman…
Sham o‘z ko‘z yoshiga botdi. Ammo erkak ayolining tabassumini hali hamon tiniq ko‘rib turar edi.
— Uch…

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Shijoat maydoni”: yoshlar harbiy-sport sinovlarida bellashmoqda

Termiz umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida faoliyat...

“Ma’rifat ulashib”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan yo‘lga...

Adabiyot va ijodkorlar muloqoti talabalarga ilhom bag‘ishladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida an’anaviy “Ma’rifat ulashib”...

Bahslar murosasiz kechdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida...
KunTun
KunTun