Milliy taomlar ko‘rgazmasida…

Date:

“Boysun bahori” xalqaro festivalida mehmonlar o‘zbekona milliy qadriyat-u an’analarimiz bilan yuzlashish barobarida milliy taomlarimizga ham katta qiziqish bildirayotir. Festival festivalday bo‘lishi uchun dasturxonda milliy taomlar badastir bo‘lsa, nur ustiga nur.
Har bir tuman, har bir hudud o‘ziga tegishli pavilyonda esa kayvoni onaxonlar-u chechalar mehmonlarni “Milliy taomlar sayli”ga taklif etadi. Bayramona bezatilgan dasturxonda noz-ne’matlar, sarxil taomlarning barchasi tortilgan. Ushbu taomlarni ta’tib ko‘rib, qanday tayyorlanishiga qiziqayotgan xorijlik mehmonlarning og‘zida miliy taomlarimizning mazasi qolishi aniq.


Vohaning shoh taomi tandirgo‘sht ham tandirda hil-hil bo‘lib pishib, hidi dimog‘ni qitiqlayotgani bor gap. Ushbu sayilda tandirgo‘shtlar pishirilib, mehmonlarga tortiq etilayotir. Qolaversa, sayilda har bir tumanning o‘ziga xos taomlarini uchratasiz.
Milliy taomlar poygasida hech bir tuman bir-biridan qolishmaydi. Sumalakdan tortib, halimgacha, ko‘k somsa deysizmi, to‘ntarma-yu holvaning bir necha turlarimi, qovurma g‘elak, hasip, yupqa, g‘ilmindi-yu patirlar… xullas barcha milliy taomlarimiz sayil bahonasida yana yodga olingan, yana tayyorlangan.


Bu taomlar mazali bo‘lish bilan birga foydali, immunitetni ko‘tarib, tanga kuch berishi, organism uchun ayni zaruratdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun