Sariosiyoda ham…

Date:

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini munosib qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etilayotir. Sariosiyo tumanida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi rahbari M.Tog‘ayev, nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar yangi “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi faqat xalq manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligini ta’kidlab, markaz xodimlari faoliyatiga omad tilashdi.
Sariosiyo tumanida foydalanishga topshirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan 26 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi. Bu xizmatlar soni ortib, kelgusi yildan yana yangi 23 ta ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Markazda xodimlar va fuqarolar, xususan, nogironligi bo‘lganlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun