Bir mavsumda 100 million so‘m

Date:

Pillachilikning ham o‘ziga yarasha mashaqqati-yu zahmati bo‘ladi. Buni shu sohada mehnat qilgan odamgina yaxshi biladi. Albatta, pilla boqishning o‘zi bo‘lmaydi. Ipak qurtlarini oziqlantirish, yetarli harorat vas hart-sharoitni yaratib berish kerak.
Angorlik Mengal momo Xolliyevaning ham pillachilikda 80 yillik tajribaga ega. Momo hozir ham bu ishni tashlab, keksalik gashtini surish o‘rniga pilla boqishni afzal biladi. Zahmatkash ipak qurtlarining g‘umbak to‘qiguniga qadar g‘amxo‘rlik qiladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi tashrifi davomida Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, ipak qurti boqish ishlari bilan tanishdi. Pillakor bilan suhbatlashib, yetishtirayotgan hosilining mo‘l-ko‘lligini so‘rab duoga qo‘l ochdilar. Pillakor momo joriy yilda 35 kuti ipak qurtini parvarishlab, 2,5 tonnaga yakin pilla xom ashyosi yetishtirishni hamda buning ortidan 100 million so‘m daromad topishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun