Futbol tarixiga kirdi…

Date:

Futbol sport turi bo‘yicha mahoratli sportchi yoshlar yetishib chiqmoqdaki, ular dunyoning mashhur klublarida to‘p surishayotir. Surxondaryoli Eldor Shomurodov ham ana shunday mahoratli yoshlarning biri. Ayni paytda futbolchi «Kalyari» jamoasi safida.
Italiya «A» seriyasi 35-turida «Kalyari» o‘z maydonida «Lechche» klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. So‘nggi uchrashuvlarda asosiy tarkibdan o‘rin olib kelayotgan hujumchi Eldor Shomurodov mazkur uchrashuvda 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Eldor qanchalik harakat qilmasin oldingi chiziqda yolg‘izlanib qoldi va uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsata olmadi. Shunga qaramay, mazkur uchrashuv A.Shomurodov uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Sababi terma jamoa sardori uchun «Kalyari» va «Lechche» bahsi «A» seriyadagi 100-o‘yin bo‘ldi va kuchli beshlik, aniqrog‘i «A» seriyada birinchi marotaba ana shunday natija qayd etgan o‘zbek futbolchisi sifatida tarix zarvaraqlariga nomini yozdirdi.

Shahin Lodonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun