“Sayxunobod tajribasi” asosida…

Date:

Bugun viloyatimiz hududlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlasnmoqda, daromadlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar esa viloyat rahbarining diqqat markazida. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lgan bugun viloyat hokimi dastlab, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Tumanning Bog‘aro mahallasida yangi yerlarni foydalanishga kiritib, poliz mahsulotlari yetishtirayotgan Abdumajid Axmedovning dehqonchilik faoliyati bilan tanishdi. Mavjud imkoniyatlarni ishga solib, qarovsiz yerni o‘zlashtirgan, o‘z mehnati bilan mahsulot yetishtirayotgan bobo dehqon tajribasini e’tirof etdi. Mas’ullarga ushbu tajriba asosida adirliklardagi yer maydonlarini foydalanishga kiritish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan holda aholining bandligini ta’minlash va mahsulot yetishtirish hajmini oshirish vazifasi yuklandi.
Shundan so‘ng, Navbahor mahallasida “Umidjon Nur Uchquni” MChJning “kasanachilik” orqali har xil to‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish va tadbirkor Bo‘ron Abdimo‘minovning issiqxonachilik faoliyati bilan tanishildi. Mahallada “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida 15 ta oilaga qoramol va parranda tarqatib berildi.
Tashrif davomida viloyat rahbari “Qum teks invest” MChJning mato to‘quv va bo‘yash loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Ishlarni jadallashtirish, loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu yerning o‘zida “Termiz Jayxun Klaster” MChJning faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” loyihasi yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun