Davlat dasturi 17 foizga bajarilgan…

Date:

“Qish g‘amini yozda ye” deyishadi, haqiqatan ham o‘zbek uzoqni ko‘ra biladigan, ertangi kunidan tashvishlanadigan xalq. Qishni talafotsiz, tashvishsiz o‘tkazish maqsadida uyimizda yil bo‘yi ta’mirlash-tuzatish ishlarini olib boramiz. O‘tin-ko‘mirni g‘amlaymiz. Issiqlik ta’minoti, gaz va elektr energiyasida uzilishlar bo‘lgudek bo‘lsa, qo‘shimcha choralarini ko‘rib qo‘yamiz. Hovli joyda yashaydiganlar-ku bir yo‘lini qilar, ammo ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchi aholichi? Ular qishda, izg‘irin sovuqda gaz pasayib, elektr energiyasida uzilish bo‘lsa, nima qilishadi?


Ana shu savolga javob tariqasida aytishimiz mumkinki, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodir rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Davlat dasturining 34-maqsadi 128-bandi: Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirishga oid vazifalar yuklangan va Termiz shahridagi O‘zbekiston va Alpomish mahallalaridagi ko‘pqavatli uylarni issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash yo‘lidagi ishlar boshlab yuborilgan edi.


O‘tgan vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 465-sonli qaroriga asosan ushbu ikki mahalla hududida joylashgan RK-5 va RK-6 markaziy qozonxonalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish va 10,5 kilometr issiqlik tarmoqlari yangidan qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan. Buning uchun 45,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Ushbu ishlarni amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston va Alpomish mahallalaridagi 56 ta ko‘pqavatli uylarda yashovchi 2524 xonadonning issiqlik ta’minoti yaxshilanishi maqsad qilingan. Afsuski, 2023-yilning aprel oyida boshlangan ishlar hozirga qadar 17 foizga bajarilgan. Bu esa o‘tgan bir yil davomida 2524 xonadonda yashovchi 8 ming nafardan ortiq aholining qo‘yni puch yong‘oqqa to‘ldirildi degani.


Xo‘sh, nega reja bajarilmadi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bordir? Yoki davlat dasturining bajarilishiga sovuqqonlik va mas’uliyatsizlik bilan qarash ham mumkinmi? Ko‘cha bedarvoza deganlar adashishadi, sababi belgilangan topshiriq va dasturlarning bajarilishini “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi nazorat qiladi. Yuqoridagi holat bo‘yicha ham hududiy bo‘linma tomonidan jamoatchilik monitongi o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklar, respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirishga oid vazifalar ijrosi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Jamoatchilik eshituvi davomida bajarilmay qolgan ishlar sarhisobi bo‘yicha mas’ullar hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng, belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi. Dasturda ko‘rsatilgan 34maqsad 128-band bo‘yicha mas’ul xodimlarga va boshqa tegishliligi biriktirilgan tashkilot rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan taqdimnomalar kiritiladigan bo‘ldi. Umid qilamizki, bunday ogohlantirish mas’ullarning ishiga vijdonan va mas’uliyat bilan yondashib, aholi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda bunday sustkashlikka yo‘l qo‘yishmaydi.

S.Normurodova,
T.Aliqulov
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun