Ekologik tarbiya muhim

Date:

Tabiatni avaylab asrash, u ehson etgan ne’matlardan oqilona foydalanish har birimizning bosh vazifamiz bo‘lmog‘i lozim. Eko makonni qadrlash, toza saqlash, bizdan keyingi ajdodlarga-da sof va bor bo‘yicha yetkazib berilishi uchun bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda, albatta, ekologik tarbiya muhim. Ekologik tarbiya esa oiladan, biz ta’lim-tarbiya olgan maktabdan boshlanadi. Ota-onalarimiz, ustozlarimiz tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Ana shunday chorlovlarga munosib tarzda Termiz shahridagi 18-umumta’lim maktabida ham ayni maqsadda “Qushlar va gullar” bayrami bo‘lib o‘tdi.
Sinflar o‘zlari olib kelishgan gullar va qushlar, uy hayvonlaridan jonli burchak tashkil etdi. Tadbir davomida tabiatni asrab avaylash haqida qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar aytildi. She’r va kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ayniqsa, qushlarni e’zozlash mavzusidagi sahna ko‘rinishi barchaning e’tiborini tortdi. Unutmaylik, tabiiy boyliklar, tabiiy resurslar ham bir kuni tugaydi. Ularni, xususan suvni isrof qilmaslik kerak. Ayni mavzulardagi davra suhbati ko‘tarilgan mavzuning nechog‘lik muhim ekanini ko‘rsatib berdi.
Yoshlar katta kuchdir. Bu kuchni harakatga keltirsak, ulardagi mehr-muhhabbat hislarini uyg‘otsak, tabiatni, ekologiyani oz bo‘lsa-da, asrash uchun o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.

Shahlo TANGIROVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun