Mehnati ibrat bo‘lmoqda

Date:

Yurtimiz bo‘ylab, Sayxunobod tajribasi asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqdaki, muhimi ishsizlar ishli, imkonsizlar qator imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Sho‘rchi tumanining “Guliston” mahallasida ham aholini ish bilan ta’minlash, ularni tomorqadan samarali foydalanishlari uchun kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berilayotir.
Dilafro‘z Sherdanayeva ham ish izlab, sarson bo‘lishiga hojat qolmadi. U farzandlarini mehnat qilishga undab, kasb-hunarli bo‘lishi uchun undagani bekor ketmadi. Qizi tikuvchilik sirlarini puxta o‘zlashtirgan emasmi, tikuvchilik kasbining boshini tutib, tikish-bichish bilan band bo‘lgan bo‘lsa, oila boshqa vakillari esa dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik bilan mashg‘ul. Tumanda bunday oilalarning ko‘pchini misol qilib keltirish mumkin.
Tumanlik O‘ktam Xo‘jaqulov esa xonadonidagi 3 sotix ochiq maydonda ekilgan 1500 tup kovrak ko‘chatlarini parvarish qilmoqda. Suvsizlikka chidamli bo‘lgan bu mahsulotning bargi, guli ham foydali. Ayni shu sababdan ham yiliga 100 millon so‘mga yaqin daromad olishni ko‘zlagan tadbirli fuqaroning bu ishidan mahalladoshlari ham o‘rnak olib, kavrakchilikda o‘z ishlarini boshlashayotir. Albatta, yaxshi ma’nodagi raqobat o‘zining ijobiy natijasini berib, aholi turmushini yaxshilashga, hayotini farovonlashtirishga xizmat qilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun