Tajriba samara bermoqda

Date:

Bugungi kunda bandlik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqdaki, maqsad aholining ishsiz qatlami munosib ish bilan ta’minlanib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lsin. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratish kabi jihatlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi. Ayni topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida bo‘lib, tumandan xorijga chiqib mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ularning ota-onalari ham ishtirok etdi.
Xususan, Qiziriq tumanidan xorijda 2 860 dan ortiq fuqaro mehnat qilmoqda. Viloyat rahbari mehnat migratsiyasidan qaytganlarning bandligini ta’minlash uchun Sayxunobod tajribasi asosida ko‘rsatilayotgan e’tibor va moliyaviy ko‘mak haqida to‘xtaldi. O‘z navbatida yoshlarning ham muammo va takliflariga quloq tutilib, munosib yechim izlandi.
Uchrashuvdan so‘ng, viloyat hokimi tumanda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida Sayxunobod tajribasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qiziriqliklar yer bilan tillashib, ertachi mahsulotlar yetishtirib, shuningdek chorvachilik, quyonchilik va qator yo‘nalishlarda mehnat qilib, daromad topishmoqda. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, xorijga ketmasdan, inson o‘zidagi imkoniyatlardan foydalanib ham mo‘may daromad topish mumkin ekan. Buning uchun istak va ishtiyoq bo‘lsa, kifoya.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun