Biznes sirlari ochildi

Date:

Robert Kiosakining “Boy ota va kambag‘al ota” asarida shunday g‘oya ilgari suriladi: “Inson muvaffaqiyatga erishishi, o‘zi istagan moliyaviy erkinlikka chiqishi, vaqtini o‘zi boshqarishi uchun odam pulga emas, pul odamga ishlashi kerak. Buning uchun esa inson avvalo, biznes olamiga bir qadam yaqin yurishi, sohaning sir-asrorlaridan xabardor bo‘lib, o‘zini va maqsadlarini bir tizginda ushlab turadigan kundalik ehtiyojlar va ish beruvchining moliyaviy qopqoniga tushib qolmaslik kerak. Va, eng muhimi, eng qudratli kuch — moliyaviy bilimdir”.
Darhaqiqat, biznes borasida mukammal bilim va tajribaga ega bo‘lmasdan turib, kishi biznesmen bo‘la olmaydi. Biznes sirlarini esa haqiqiy biznesmenlardan, bugungi kun tili bilan aytganda, zamonamiz qahramonlaridan, ya’ni tadbirkorlardan o‘rganish, ularning hayotiy tajribalaridan ko‘proq o‘rganishimiz mumkin.
Vaholangki, bugun nafaqat yoshlarni, balki har bir insonni biznes muhitida ulg‘aytirish, tadbirkor va ishbilarmon inson sifatida, o‘z kelajagini o‘zi yaratishi, g‘oya va tashabbuslariga keng yo‘l berish orqali, jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan va biznesda o‘z o‘rni bor inson qilib voyaga yetkazish har qachongidan muhim. Sababki, o‘zini va oilasini moliyaviy jihatdan ta’minlay olish, ish izlash emas, ish o‘rni yaratib, boshqalarga ham ko‘makka qo‘lini cho‘zish, hayotda uddaburon bo‘lish jamiyatni qoloqlikdan qutqarib, miyasi butun, kelajagi yuksak avlodning yuzaga chiqishida qo‘l keladi. Robert Kiosaki aytganidek, kimki moliyaviy erkinlikka chiqib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olsa, ana shu insonning oshig‘i olchi, ishi besh. Ishi beshlar esa bizning jamiyatga suv va havodek zarur.
Ayni shu maqsadda bugun yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka keng jalb qilish, shuningdek, kasbga yo‘naltirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar negizida ham xuddi shunday maqsad mushtarak.
“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorlikda 20-maktab tadbirkorlikka qiziquvchi o‘quvchilari ishtirokida “ZIF TEKSTIL” MChJga hamda viloyat Hunarmandlar uyushmasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi. Biznes sayohat davomida ishlab chiqaruvchilik, tadbikorlikka, tikuvchilikka qiziquvchi yoshlar ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirilib, ishlash istagida bo‘lganlarni ishga taklif qildilar.
— Ushbu biznes sayohat men uchun juda ham foydali bo‘ldi, — deydi Termiz shahridagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farnoza Abdumalikova. — Tikuvchi bo‘lish mening orzularimdan bir. “ZIF TEKSTIL” MChJning yonidan o‘ta turib men ham ana shunday shinam va zamonaviy korxonada ishlasam, bu yerda tikish-bichish bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarga o‘xshab men ham mohir tikuvchi bo‘lsam, deb havas bilan o‘tardim. Bugun mutasaddilarning tashabbusi bilan men uchun orzu bo‘lgan tikuvchilik kasbiga yana bir qadam olg‘a bosganimdan, korxonadagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishganimdan xursandman. Eng muhimi, mehnatga tutingan, biri-biridan bejirim liboslar tikayotgan ayollar bilan suhbatga tutinib, tikuvchilik kasbiga nisbatan yana bir bor qiziqishim ortdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun