Turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Date:

Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida bo‘layotgan xizmat uchrashuvlari dasturidan yurtimiz turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari ham o‘rin olgan. Aytish kerakki, bunday hamkorlik yurtimizga, xususan Surxon vohasiga turistlar oqimining oshishiga olib keladi va sohada yangi imkoniyatlarni ochishga debocha bo‘ladi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) raisi Xiroyuki Takaxashi va H.I.S. Co. Ltd sayyohlik kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Motoshi Yada bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida JATAga a’zo yetakchi sayyohlik kompaniyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida broshyuralarni chop qilish, keng tarqatish, Termiz va Yaponiya shaharlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil etish, xorijiy sayyohlarni qabul qilish imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish maqsadida 2024-yilda JATA rahbariyati boshchiligidagi Yaponiya sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Surxondaryoga tashrifini tashkil qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, “H.I.S. Co. Ltd.” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini targ’ib qilishga bag’ishlangan videorolik suratga olish, “Ziyorat”, “Gastronomik” va “Eko” turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yangi “turizm kontentlari”ni ishlab chiqish, mamlakatimiz uchun ishlab chiqilayotgan turizm marshrutlariga Termiz shahrini kiritgan holda broshyuralar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun