Prezident mahalladagi odamlarning daromadi va salomatligi bilan qiziqdi

Date:

Prezidentimiz turli loyihalarga tamal toshi qo‘yib, qator obyektlar va sohalardagi ish jarayoni bilan tanishish bilan birga mahalliy aholining hayot tarzi, qanday daromad ko‘rayotgani, hududlarda tibbiy xizmatning qay holatda ekani bilan qiziqdi. Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi “Sebzor” mahallasida bo‘ldi. Ushbu mahallada 7 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda to‘rtta korxona, yigirmadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida shu yerlik yoshlar doimiy ish bilan band. Mahalla ahlining asosiy band bo‘ladigan yumushi bog‘dorchilik, chorvachilik va sabzavotchilik. O‘ttizdan ortiq dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.


Davlatimiz rahbari “Barakatullo Davr Baraka” fermer xo‘jaligi bog‘ida bo‘lib, poliz ekinlari rivoji ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 6 gektar olma, 1,3 gektarda xurmodan mo‘l hosil olinmoqda. Daraxtlar qatori oralaridan ham oqilona foydalanilib, ertaki ekinlar, jumladan, oq boshli karam, piyoz, sarimsoqpiyoz ekib yetishtirilgan.
Surxon vohasining iqlimi, unumdor tuprog‘i yil davomida bir necha bor hosil olish imkonini beradi. Ammo, shunga qaramay, qishloq xo‘jaligida ilmiy yondashuv yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun viloyatda in-vitro laboratoriyalari tashkil etib, urug‘chilikni yaxshilash, umuman, Surxondaryo qishloq xo‘jaligini eksportga ixtisoslashtirish zarurligi ta’kidlandi.


Bog‘, tog‘ yonbag‘ri va dala chetlarini xatlovdan o‘tkazib, ekinlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish, olimlarni jalb etib, mahsulotlar hosildorligi va sifatini oshirish, qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mahallada ijtimoiy masalalar ham manzilli hal etilmoqda. Yo‘llar ta’mirlangan. Kuz-qish mavsumi oldidan transformatorlar yangilanib, qo‘shimcha simyog‘ochlar o‘rnatilgan. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasasida zarur sharoitlar yaratilgan.


Mahalla hududida yaqindagina tashkil etilgan kichik tibbiyot punkti Prezident e’tiborini tortdi va u yerdagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Asosan profilaktik ko‘rik va patronaj xizmati bilan shug‘ullanadigan ushbu muassasada bir nafardan shifokor va doya, ikki nafar hamshira faoliyat olib boradi.
Mahalladagi 2 ming nafarga yaqin aholi uzog‘i yaqin qilgan tibbiyot punktida bolalarni emlash, surunkali bemorlarni sog‘lomlashtirish va ularning nazoratini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.


Davlatimiz rahbari shu yerda tibbiyot xodimlari va mutasaddilari bilan suhbatlashdi. Va tibbiyot xodimlarining mas’uliyatli bo‘lishlarini, to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘proq piyoda yurishning foydasini keng tushuntirish, mahallalarda fitobarlar tashkil etish muhimligi ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun