Ilk bor Kushon yozuvini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi

Date:

Kushon podsholigi — Oʻrta Osiyo va shimoliy Hindistondagi qadimiy davlat bo‘lib, milodiy I asrning birinchi yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan. Keyinchalik esa hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil ilmiy tadqiqotlarni davom ettirmoqda.
Kyoln universiteti tilshunoslari esa bu borada natijalarga erishsdi va ular ilk bor Markaziy Osiyoning qadimiy nufuzli davlatlaridan biri — Kushonlar saltanatining yozuvini o‘qiy olishdi. Bu tilda yozilgan matnlar 70 yildan ortiq vaqt davomida olimlar uchun jumboq bo‘lib qolayotgan edi.
Aytish kerakki, Kushonlar yozuvi O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 200-700-yillarda qo‘llangan. U mutlaqo noma’lum eroniy tilga mansub bo‘lib, bu tilda Shimoliy Baqtriyaning o‘troq aholisi yoki Osiyodagi boshqa ko‘chmanchi xalqlar vakillari gaplasha olishgan. Muayyan vaqt davomida u Kushon imperiyasining rasmiy tillaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Olimlar asosan qisqa so‘zlardan iborat bir necha o‘nlab yozuvlar, jumladan, Vema Taxtu nomini va Shahanshoh unvonini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Hozirgacha olimlar Kushon yozuvining 60 foizga yaqinini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi va bu boradagi ish davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...
KunTun
KunTun