“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” bayram-tantanalarisurxondaryolik yoshlarni birlashtira oldi

Date:

Surxonimning so‘lim go‘shasida yuragida o‘ti bor, harorati harakati-yu shijoatida ko‘rinib turadigan, biri-biridan ajoyib g‘oyalar, kreativ loyihalarga boy, zamondan qolishmaydigan, mard va bilimdon yoshlar uchun har yili 30-iyun boshqacha bir shukuh bilan qarshi olinadi.
Yoshlar kuni sifatida qayd etilgan ushbu kun ko‘plab iqtidorli va iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarishda, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda o‘zgacha kun sifatida yosh avlod vakillari hayotida muhrlanayotgani ham ayni haqiqat.


“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar sayllarida minglab yoshlar bir maqsad yo‘lida birlashib, o‘zlarining ezgu orzu-istaklari ro‘yobini ko‘rishga umid va ishonch berayotgan mamlakatning baxtiyor bolasi ekanligi uchun ham jam bo‘lishmoqda.
Kuy-qo‘shiq, alyorlar, konsert-tomoshalarida yal-yal yonib raqsga tushayotgan, qo‘shiq hirgoyi qilib, baxtiyor va tinch zamonamizga shukronalik ruhida ulg‘ayayotgan yoshlardan hali umidimiz katta. Ularni ish bilan ta’minlash, munosib o‘qish va ish sharoiti yaratish, kelajagimiz davomchilarining ezgu g‘oyalarini yuzaga chiqarish uchun bugun har qachongidan ham ko‘proq e’tibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimiz yoshlari uchun qaratilayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Dildan his qilayapmiz. IT sohasidami, sportdami, san’at yoinki til, kasb-hunar o‘rganish bo‘ladimi — bularning barida yoshlar uchun imkoniyat eshiklari katta qilib ochib qo‘yilgan.


Termiz shahridagi Mustaqillik maydonida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida oʻtkazilgan yoshlar sayli minglab surxondaryolik oʻgʻil-qizlarni ayni ezgu maqsad sari birlashtirdi.
Termiz shahrida boshlangan tadbirlarning gala-konsert dasturida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi. Har jabhada ilgʻor, oʻz tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yoshlar, yigit-qizlarimizni yetuk kadr qilib tarbiyalashda alohida oʻrnak koʻrsatayotgan ta’lim muassasalari pul mukofotlari hamda sport anjomlari bilan taqdirlanib, yoshlar vakillariga sertifikatlar tantanali topshirildi.

Gala-konsert dasturida estradamiz yorqin yulduzlari Shohruhxon, Sevinch Ismoilova, Sardor Toirov, “Via marokand”, “Bojalar” va “Benom” guruhlari hamda boshqa san’atkorlar, shuningdek, taniqli boshlovchilarning chiqishlari yoshlar saylini haqiqiy bayram shoulariga aylantirdi.
Yoshlar sayli doirasida kun davomida “Kitoblar karvoni”, “Ziyolilar forumi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Mening qonunim – mening taqdirim” kabi turli loyihalar ham oʻtkazildi.


Alyor-u yallalar, kuy-qo‘shiqlar, shod-u xurramlik faqat va faqat tinch yurtga yarashadi. Bugungi yoshlar haqiqatda baxtiyor va peshonasi yarqiraganiga hech shubha yo‘qki, prezidentimiz tomonidan bugun ana shunday “zamonaning umidlari” uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar safarbar etilib, barcha toifadagi rahbarlar ular uchun harakatdan to‘xtagan emas.


O‘z navbatida yoshlar ham ilm olishdan, izlanish va harakatdan to‘xtamay berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishsa, o‘qib-o‘rganib, mamlakatning chinakam tayanchiga aylansa, zamon talablariga mos bilim darajasi yuqori, salohiyatli va ishbilarmon kadrlar bo‘lib yetishsa, Yangi Oʻzbekiston yoshlarining birlashgani shu bo‘ladi, aslida.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun