“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

Date:

Yoshlar festivali yosh avlod vakillarining kayfiyatini ko‘targuvchi tadbirlar, turli loyihalar va uchrashuvlar bilan shunchaki ko‘ngil yozishini maqsad qilmaydi, balki ularni bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka, ezgu amallarga boshlashi bilan ahamiyatli. Iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarsa, nur ustiga nur. Aynan festival doirasida tashkil etilgan “Kitob karvoni” esa yoshlarni kitobxonlikka chorlaydi.
Ushbu karvon yoshlarni sevgan asarlari bilan siylash bilan birga kutilmagan mehmon bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Doimiy ravishda turli loyihalar orqali oynai jahon orqali qimmatli fikr va tavsiyalarini tinglab yurganimiz Jamila Shermuhamedova ko‘rinish berdi. Aziz mehmon surxondaryolik yoshlar bilan uchrashdi va ularning kelajakdagi rejalari, takliflari va tashabbuslarini tinglab, yoshlarga oʻz tavsiyalarini berdi. Uchrashuv davomida “Kitob karvoni” yoʻl oladigan dargohlar bilan tanishib, yoshlarga kitob sovgʻa qildi.
Aytish kerakki, Termiz shahridan yo‘l olgan “Kitob karvoni” har bir hududga 10 ming dona (7-15 yoshdagi umumiy oʻrta taʼlim oʻquvchilari uchun moʻljallangan kitoblar – 3 000 dona, 15-30 yoshda boʻlgan oʻrta-maxsus taʼlim, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari uchun moʻljallangan kitoblar – 3000 dona, 30 va undan katta yoshdagi fuqarolar uchun moʻljallangan kitoblar – 4000 dona) kitob taqdim etishni reja qilgan.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun