Asarlari Serbiyada eʼtirof etilmoqda

Date:

O‘zbek adabiyoti haqida o‘quvchining o‘z fikri va munosabati bor. Bosh maqsad esa jahon andozalariga moslashish, standartlashish bo‘lar ekan, bu adabiyotda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Har bir yozuvchi va ijodkor insoniyat uchun taalluqli, umum tili va qalbidan joy oladigan asarlar yozishni istaydi. Asarlar til, millat tanlamasligi kerak.
O‘zbek yozuvchilari ham jahon adabiyoti sahnasiga dadil qadamlar bilan chiqib kelayotgani quvonchli hodisadir. Taniqli o‘zbek yozuvchisi Qo‘chqor Norqobilning “Olisdagi tasodif” deb nomlangan yana bir kitobi Serbiyada chop etildi. Bungacha esa ushbu mamlakatning bir qancha adabiy bosma va elektron nashrlarida qator hikoyalari hamda “Galaxianis” nashriyotida “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim” (2021-y) deb nomlangan kitobi serb tilida eʼlon qilingan edi.
— O‘zbek yozuvchisining Serbiyadagi qator nashrlarda chop etib kelinayotgan asarlari va dastlabki kitobi adabiyotshunoslar hamda serb o‘quvchilarining eʼtiborini tortdi. Ushbu ishda munosib hissa qo‘shgani va kitobni alohida eʼtirof etib, qo‘llab-quvvatlagani uchun xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalar tiklanishida munosib hissa qo‘shib kelayotgan noshir, muharrir Dean Spasoyevich va uning rafiqasiga minnatdorlik bildiraman. So‘nggi jumlasiga qadar o‘quvchini o‘zida tutib turoladigan hikoyalar muallifi Qo‘chqor Norqobilga kitobni serb tiliga tarjima qilishimda ishonch bildirib, rozilik bergani uchun tashakkur aytaman, – deb yozadi kitob mutarjimi, o‘z vatanida taniqli adiba va tarjimon, professor Valentina Novkovich.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun