G‘olib sayohatga chiqadi

Date:

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmalari bilan rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra, respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar O‘zbekistonning turistik maskanlariga 3 kunlik, viloyat bosqichi g‘oliblari esa boshqa viloyatdagi diqqatga sazovor joylarga 2 kunlik sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchilar sayohat boshlanishidan kamida 10 kun oldin yo‘llanma sohiblarini tadbir o‘tkaziladigan vaqt va manzil haqida xabardor qiladi.

Yo‘llanma doirasida transport xizmati, yashash va ovqatlanish, ekskursiyalar (gid xizmati hamda turizm obyektlariga kirish chiptalari), shuningdek, sayohat sug‘urtasi bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Mazkur tartib o‘quvchi-yoshlarni ta’lim va sport sohasida yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantirish, ularning yurtimizning tarixiy va turistik maskanlari bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun